2025 yil kompaniyamiz faoliyatidagi eng muhim va sermahsul davrlardan biri bo‘ldi. Ushbu yil strategik ahamiyatga ega qarorlar qabul qilinishi, yirik investitsiyalar va infratuzilma hamda xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar bilan ajralib turdi. Yil davomida amalga oshirilgan barcha loyihalar xizmatlar sifatini oshirish, mijozlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish va bozordagi pozitsiyalarimizni mustahkamlashga xizmat qildi.
Yilning asosiy voqealaridan biri ICANN akkreditatsiyasining olinishi hamda yetakchi xalqaro gTLD reyestrlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzilishi bo‘ldi. 2025 yil davomida kompaniya domen sanoatining yirik ishtirokchilari bilan bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi, bu esa vositachilarsiz ishlash va mijozlarga yanada qulay hamda shaffof shartlarni taklif etish imkonini berdi. Shu bilan birga, kompaniya dunyoning 35 dan ortiq mamlakatida, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari - Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistonda akkreditatsiyadan o‘tdi.
Infratuzilmani rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam o‘z data markazimizni qurish va butun server infratuzilmasini o‘z maydonimizga ko‘chirish bo‘ldi. Bu bizga texnik jarayonlar, muhandislik tizimlari va axborot xavfsizligi ustidan to‘liq nazoratni ta’minladi. Natijada xizmatlarning barqarorligi, uzluksiz ishlashi va foydalanuvchi ma’lumotlarining himoyasi sezilarli darajada oshdi.
2025 yil yakunlariga ko‘ra, 6000 dan ortiq yangi shartnomalar tuzildi. Kompaniya xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlar soni 38 000 dan oshdi. Ushbu ko‘rsatkich biz uchun mijozlar ishonchi va tanlangan rivojlanish strategiyasining samaradorligini tasdiqlovchi asosiy mezon hisoblanadi.
Yil davomida milliy UZ domen zonasida va xalqaro domen zonalarida 24.000 dan ortiq domen nomlari ro‘yxatdan o‘tkazildi. Kompaniya boshqaruvidagi domenlar umumiy soni 58.000 dan oshib, mintaqadagi yirik domen xizmatlari provayderlaridan biri sifatidagi mavqeimizni yanada mustahkamladi.
Xalqaro reyestrlar bilan hamkorlikda 2025 yil davomida domen nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha turli aksiyalar va maxsus takliflar ishga tushirildi. Ushbu dasturlar mijozlarga onlayn loyihalarni qulay va tejamkor shartlarda boshlash hamda rivojlantirish imkonini berdi.
2025 yil professional va sohaga oid tadbirlarga ham boy bo‘ldi. Kompaniya UZ domen zonasining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda spiker sifatida ishtirok etdi, TLDCON 2025 va ICANN 84 xalqaro konferensiyalarida onlayn formatda qatnashdi, shuningdek Tojikistonda RIPE NCC va ICANN hamkorligida tashkil etilgan Internetni o‘lchash kunida ishtirok etdi. Ushbu tadbirlar xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish imkonini berdi.
Texnik rivojlanish doirasida server va tarmoq uskunalarining keng ko‘lamli modernizatsiyasi amalga oshirildi. SSD va NVME texnologiyalariga asoslangan yuqori unumdor yechimlarning joriy etilishi saytlar, ma’lumotlar bazalari va barcha xizmatlarning ishlash tezligini sezilarli darajada oshirdi.
Alohida yo‘nalish sifatida virtual server xizmatlarini taqdim etish uchun o‘z bulutli platformamiz yaratildi. Zamonaviy virtualizatsiya texnologiyalari va dolzarb dasturiy ta’minotdan foydalanish natijasida har qanday miqyosdagi loyihalar uchun ishonchli, moslashuvchan va kengaytiriladigan bulutli yechimlar taklif etildi.
Bundan tashqari, 2025 yilda virtual xosting tariflari to‘liq yangilandi. O‘zbekiston va Germaniyada joylashgan serverlarda disk xotira hajmi 50 GB gacha oshirildi, bu esa abonentlarga platformani o‘zgartirmasdan o‘z loyihalarini kengaytirish imkonini berdi.
Shuningdek, to‘langan mablag‘larning 5 foizigacha qismini qaytarib berishga imkon beruvchi bonus tizimi joriy etildi. Bu kompaniyamiz tomonidan mijozlarga bo‘lgan ishonch va uzoq muddatli hamkorlik uchun bildirilgan minnatdorchilik ramzidir.
2025 yil kompaniya uchun sermazmun va samarali rivojlanish davri bo‘ldi. Biz barcha mijozlarimiz va hamkorlarimizga ishonch va qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Oldinda yangi loyihalar, texnologiyalar va imkoniyatlar kutmoqda va biz zamonaviy, ishonchli xizmatlarni rivojlantirishda davom etamiz.