
aHOST kompaniyasi o‘z mijozlari uchun yangi aksiyani e’lon qildi. Ushbu taklif doirasida foydalanuvchilar zamonaviy domen nomini qo‘shimcha xarajatlarsiz olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Endilikda O‘zbekiston yoki Germaniyadagi istalgan hosting tarifini kamida 1 yil muddatga rasmiylashtirgan mijozlarga .IT.COM domeni 1 yilga bepul taqdim etiladi. Aksiya 2026 yil 15 iyungacha amal qiladi.
.IT.COM domen zonasi bugungi kunda eng istiqbolli va qiziqarli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. U asosan IT sohasi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, undan biznes saytlar, internet do‘konlar, xizmatlar va shaxsiy bloglar uchun ham bemalol foydalanish mumkin. Ushbu domen zamonaviylik va professional yondashuvni namoyish etishga yordam beradi.
.IT.COM domenining asosiy afzalliklaridan biri - uning mashhur .com domeniga o‘xshashligi va ishonchliligi hisoblanadi. Shu bilan birga, bu zonada hali ham ko‘plab chiroyli va qisqa domen nomlari bo‘sh. Klassik .com zonada allaqachon band bo‘lgan nomlarni bu yerda topish imkoniyati mavjud. Bu esa biznes yoki shaxsiy brendni ajratib ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Hosting sotib olishni rejalashtirmagan foydalanuvchilar uchun ham alohida taklif mavjud. 2026 yil 30 iyungacha .IT.COM domenini 1 yilga atigi 65000 so‘m evaziga ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. Bu kerakli domen nomini oldindan qulay narxda egallash imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, .IT.COM domen zonasi kompaniya aksiyalarida ishtirok etayotgan beshinchi zona hisoblanadi. Avvalroq .UZ, .ART, .ASIA va .CLOUD domenlari ham shunday aksiyalarda qatnashgan. Ushbu imkoniyat aHOST kompaniyasining IT.COM reestri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorligi natijasida yuzaga kelgan.
Chiroyli va qisqa domen nomlari soni cheklangan, aksiya muddati esa qat’iy belgilangan. Shu sababli, hozir eng qulay vaqt - o‘zingiz uchun mos domen nomini tanlash va ro‘yxatdan o‘tkazish.
Batafsil ma’lumotni rasmiy saytda ko‘rishingiz mumkin