aHOST Markaziy Osiyoda Nominet tashkilotiga a’zo bo‘lgan birinchi kompaniya bo‘ldi

SUVAN NET kompaniyasi tomonidan boshqariladigan aHOST brendi Nominet tashkilotiga qo‘shilganini e’lon qildi. Nominet - Buyuk Britaniyada .uk domen zonasini boshqaruvchi mashhur reyestr hisoblanadi. Shu tariqa, aHOST Markaziy Osiyoda Nominet’ga a’zo bo‘lgan birinchi kompaniya sifatida tarixga kirdi.

Nominet 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Buyuk Britaniya milliy domen infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish bilan shug‘ullanuvchi mustaqil, notijorat tashkilotdir. Ushbu tashkilot a’zolari tahliliy ma’lumotlar, ekspert maslahatlari, soha tashabbuslari va xalqaro professional hamjamiyatga kirish imkoniga ega bo‘ladilar.

SUVAN NET uchun Nominet a’zoligi - bu kompaniyaning xalqaro miqyosdagi ishonchliligi va professionalligini tasdiqlovchi muhim bosqichdir. Biz Nominet tashkilotiga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiramiz va jahon domen industriyasi kelajagini shakllantirayotgan yetakchi kompaniyalar safida bo‘lishdan faxrlanamiz.

aHOST uchun Nominet a’zoligi - bu xalqaro reyestrlar va registratorlar bilan hamkorlik qilish, global dasturlarda ishtirok etish, tajriba almashish va zamonaviy yechimlarni joriy etish imkoniyatini beradi. Ushbu qadam kompaniyaning domenlar, xosting va veb-studiyalar uchun xizmatlar sohasida xalqaro mavqeini mustahkamlash strategiyasidagi muhim yo‘nalishdir.