.cc domen zonasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri akkreditatsiya ortidan yanada arzonlashdi

.cc zonasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri akkreditatsiya berilgach, domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va yangilash narxi 212.900 so‘mdan 150.000 so‘mga tushirildi. Shu bilan birga, eng universal xalqaro kengaytmalaridan biri kengroq foydalanuvchilar uchun yanada qulay bo‘ldi.

.cc domeni rasmiy ravishda Kokos orollarining milliy domenga oid bo‘lsa-da, bugungi kunda u global va universal kengaytma sifatida qabul qilinadi. Uning sodda yozilishi, qat’iy talablarning yo‘qligi va qulayligi uni ta’lim platformalari, texnologik loyihalar, kreativ jamoalar va onlayn-servislar orasida mashhur qildi.

.cc domenining ommalashuvi 1990-yillarning oxiridan boshlangan. Zonaning moslashuvchanligi xalqaro platformalarning e’tiborini tortganidan so‘ng, uni o‘yin saytlaridan tortib sport resurslari, striming xizmatlari va kripto hamjamiyatlari faol qo‘llay boshladi. Ba’zi mamlakatlarda .cc “community” yoki “creative community” tushunchalari bilan bog‘lanadi, bu esa media va onlayn-hamjamiyatlar orasida qiziqishni yanada oshirdi. Barqaror texnik infratuzilma va ishonchli ishlash esa uning global bozordagi pozitsiyalarini mustahkamladi.

Qisqa va esda qoladigan .cc kengaytmasi xalqaro pozitsionlashtirish uchun juda mos keladi. Mashhur domennlarning ko‘plari band bo‘lgani yoki qimmatligi sababli, ko‘plab kompaniyalar yangi loyihalarni tezroq va qulayroq ishga tushirish uchun aynan shu variantni tanlamoqda.

Narxning tushirilishi .cc zonasini qisqa, tushunarli va kuchli domen nomi olishni istaganlar uchun juda jozibali qiladi. Eng yaxshi nomlar hanuz bo‘sh turgan bir paytda mos variantni tanlab olish uchun ayni vaqt qulay.