WPHost - O'zbekistondagi WordPress uchun birinchi maxsus xosting platformasi

aHOST kompaniyasi WordPress saytlariga mo'ljallangan WPHost nomli yangi maxsus xosting platformasini ishga tushirdi. Bu O'zbekistonda aynan WordPress uchun optimallashtirilgan ilk platforma bo'lib, odatiy universal xostinglardan farqli ravishda CMS imkoniyatlarini to'liq ochib berish, yuqori unumdorlikni ta'minlash va boshqaruvni soddalashtirish uchun yaratilgan.

Bugungi kunda dunyodagi millionlab veb-saytlar WordPress asosida ishlaydi. Mazkur platforma o'zining haqiqiy samaradorligini aynan WordPress uchun maxsus sozlangan server infratuzilmasida namoyon etadi. WPHost aynan shunday yechimni taklif qiladi.

WordPress uchun maksimal tezlik

Platformaga o'rnatilgan AccelerateWP texnologiyasi sahifalarni keshlash, JavaScript fayllarini optimallashtirish, tasvirlarni Lazy Load usulida yuklash hamda fayllarni minimallashtirish orqali saytlarning ishlash tezligini sezilarli darajada oshiradi. Bularning barchasi qo'shimcha plaginlarsiz avtomatik amalga oshiriladi.

Kontentni tez yetkazib berish uchun 200 dan ortiq nuqtaga ega global Cloudflare CDN tarmog'idan foydalaniladi. Serverlarning Toshkentda joylashgani esa O'zbekiston foydalanuvchilari uchun past kechikish va TAS-IX tarmog'ida yuqori tezlikni ta'minlaydi.

Saytlarning tez ishlashi nafaqat tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratadi, balki qidiruv tizimlaridagi reytingga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi, chunki sahifalarning yuklanish tezligi SEO omillaridan biri hisoblanadi.

Xavfsizlik va qulay boshqaruv vositalari

WPHost korporativ darajadagi xavfsizlik yechimlari bilan jihozlangan. Imunify360 veb-ilova himoyasi (WAF) va antivirus yordamida ko'plab hujumlarni avtomatik bloklaydi. Bundan tashqari, Patchstack WordPress plaginlari va mavzularidagi zaifliklarni rasmiy yangilanishlar chiqishidan oldin aniqlab, qo'shimcha himoya ta'minlaydi.

Har bir sayt CloudLinux CageFS texnologiyasi orqali alohida izolyatsiyalangan muhitda ishlaydi, bu esa boshqa foydalanuvchilarning faoliyati loyihaga ta'sir qilmasligini kafolatlaydi. Barcha tariflarga avtomatik haftalik zaxira nusxalari, bepul SSL sertifikati va ma'lumotlarni tez tiklash imkoniyati ham kiritilgan.

Platformada WordPress'ni avtomatik o'rnatish, bir marta bosish orqali Staging muhiti yaratish, APM yordamida ishlash samaradorligini kuzatish, CMS yadrosini avtomatik yangilash hamda boshqa xostinglardan saytni bepul ko'chirish xizmatlari ham mavjud.

Texnik yordam xizmati rus, o'zbek va ingliz tillarida haftaning yetti kuni, kunu tun ishlaydi va foydalanuvchilarga zarur yordamni tezkor taqdim etadi.

WPHost turli ehtiyojlar uchun bir nechta tariflarni taklif etadi - shaxsiy bloglardan tortib veb-studiyalar va agentliklargacha. Barcha tariflarga SSL sertifikati, avtomatik zaxira nusxalari, CDN va bepul sayt migratsiyasi kiradi. Bir yil uchun oldindan to'lov amalga oshirilganda chegirma taqdim etiladi, shuningdek 15 kunlik pulni qaytarish kafolati ham amal qiladi.

WPHost platformasining ishga tushirilishi O'zbekistondagi WordPress foydalanuvchilari uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi. Endilikda tadbirkorlar, dasturchilar va kompaniyalar mahalliy infratuzilma, milliy valyutada to'lov, ko'p tilli texnik yordam va 99,9% gacha xizmat uzluksizligi bilan professional WordPress xostingidan foydalanishlari mumkin.

Batafsil ma'lumotni aHOST sahifasida olishingiz mumkin.